Otunbayeva kechirim so'radi, jamoatchilik qanday fikrda?


“El boshida turgan odam, oila boshlig’i kabi, har narsa uchun javobgar. Kerak bo’lsa, uzr so’rashi darkor. So’raganda ham rasmiy ravishda. Bu narsani butun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish kerak. Albatta, bunga avval siyosiy baho berilishi va gun

“El boshida turgan odam, oila boshlig’i kabi, har narsa uchun javobgar. Kerak bo’lsa, uzr so’rashi darkor. So’raganda ham rasmiy ravishda. Bu narsani butun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish kerak. Albatta, bunga avval siyosiy baho berilishi va gun

Qirg’iziston prezidenti Roza Otunbayeva Navruz munosabati bilan mamlakat janubiga safar qildi. Unda parlament raisi Ahmatbek Keldibekov va boshqa rasmiylar hamrohlik qildi. Davlat rahbari jamoat tashkilotlari a’zolari va oddiy fuqarolar bilan uchrashgan. Otunbayeva O’sh va Jalol-Obodda o’tgan yilgi etnik fojiada jabr ko’rgan o’zbek aholi vakillari bilan muloqot qilgan.

Kuzatuvchilarning aytishicha, prezident xonim boshliq oliy martabali mulozimlar bilan uchrashuvlar paytida aholi kutgan bayonotlar yangragan.

Muloqotlarning biri O’shning “Turon” dahasida o’tgan. Mahalliy hududiy kengash ma’sul kotibi Sodiqjon Rahmonaliyev bu tadbirda qatnashgan.

“Yaxshi so’zlar aytildi. “Biz bunday bo’lishini bilmagandik. Afsuski, to’xtata olmadik. Uzr, bizdan ayb o’tgan bo’lsa, to’g’rilaymiz. Odamlar bir-birini o’zbek, qirg’iz deb ajratmasin. Bir-birlarini kechirishsin”, dedi prezident. Roza Otunboyeva odamlarni mish-mishlarga ishonmasliklariga chaqirdi. To’planganlar bu so’zlarni qarsaklar bilan olqishladi”, - deydi Rahmonaliyev.

Qirg’iz matbuotida prezidentning fojia jabrdiydalaridan uzr so’raganiga jiddiy urg’u berilmagan. Asosan Otunboyevaning odamlarni bir-birini kechirishga chaqirgani tilga olingan.

O’sh viloyatilik muallim Obid aka xalq diplomatiyasi sohasida ham faoliyat yuritadi. U ham hozir o’zaro kechirim zaruriyatini ta’kidlaydi.

Prezident bilan uchrashuvda qatnashganlarning aytishicha, Roza Otunbayeva “Biz bunday bo’lishini bilmagandik. Afsuski, to’xtata olmadik. Uzr, bizdan ayb o’tgan bo’lsa, to’g’rilaymiz. Odamlar bir-birini o’zbek, qirg’iz deb ajratmasin. Bir-birlarini kechiri

Prezident bilan uchrashuvda qatnashganlarning aytishicha, Roza Otunbayeva “Biz bunday bo’lishini bilmagandik. Afsuski, to’xtata olmadik. Uzr, bizdan ayb o’tgan bo’lsa, to’g’rilaymiz. Odamlar bir-birini o’zbek, qirg’iz deb ajratmasin. Bir-birlarini kechiri

“El boshida turgan odam, oila boshlig’i kabi, har narsa uchun javobgar. Kerak bo’lsa, uzr so’rashi darkor. So’raganda ham rasmiy ravishda. Bu narsani butun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish kerak. Albatta, bunga avval siyosiy baho berilishi va gunohkorlar aniqlanishi darkor”, - deydi Obid aka.

Ko’pchilik suhbatdoshlar o’tgan yilgi iyun voqealarining ta’siri haligacha sezilayotganini, millatchilik hollari aksincha avj olganini aytadi. Odamlar bu borada jiddiy choralar kerakligini eslatadi.

Mahalliy hududiy kengash ma’sul kotibi Sodiqjon Rahmonaliyev aytishicha, fuqarolarni millatchilik asosida ta’qib qilish, ho’rlash hollari ozaygani yo’q.

“Ommaviy joylarda nazoratni kuchaytirish zarur. Millat ajratib, qo’rqitayotganlarni javobgarlikga to’rtmoq lozim. Bekordan bekor do’pposlashlarga, sudning qarorisiz, asossiz hibsga olishlarga chek qo’yish payti keldi. Biz bu haqda mahalliy hukumat idoralariga murojaat qildik”, - deydi suhbatdosh.

Xalq diplomati Obid aka o’zaro monosabatlarni tiklashda, barqarorlikni ta’minlashda ommaviy axborot vositalari va diniy tashkilotlar roli muhim deb hisoblaydi. Uning nazarida, hozirda aynan axborot vositalari bir tomonlama chiqishlari bilan ehtiroslarni kuchaytirmoqda.

“Jurnalist betaraf bo’lishi kerak. Ular bir tarafga og’ib ketadigan bo’lsa, haqiqat yuzaga chiqmaydi. Shuningdek, dinni birinchi o’ringa qo’ymasak, ishimiz orqaga ketaveradi. Islom dini odamlarni ajratmaydi. Aksincha, birlik va birodarlikni targ’ib qiladi”, - deydi muallim.

Mahalliy aholi rasmiy Bishkek vakillariga o’z taklif-mulohazalarini ham aytgan.

XS
SM
MD
LG