Pokiston-Afg'oniston chegarasidan o'tish tartibi o'zgardi

  • Amerika Ovozi

Yaqingacha Torxam chegara punktidan o’tish nisbatan oson edi. Ayniqsa, har ikki tarafda qarindoshlariga ega pashtular uchun.

Yaqingacha Torxam chegara punktidan o’tish nisbatan oson edi. Ayniqsa, har ikki tarafda qarindoshlariga ega pashtular uchun.

Pokiston hukumati Afg’oniston bilan chegarada yangi qonun-qoidalar joriy etdi. Maqsad, deydi rasmiylar, terrorizmni kamaytirish. Ammo ikki mamlakat orasida qatnaydigan minglab odamlar buning azobini tortishi mumkin.

Yaqingacha Torxam chegara punktidan o’tish nisbatan oson edi. Ayniqsa, har ikki tarafda qarindoshlariga ega pashtular uchun. Pokistonga davolanish yoki ish izlash uchun qatnaydiganlar, shuningdek, tadbirkorlar va qavm-qarindoshlar deyarli har kuni mana shu chegara postidan o’tadi.

Pokiston e’lon qilgan yangi tartibga ko’ra, bundan buyon afg’onlar qo’lida tegishli hujjat bo’lishi lozim.

E’lonning birinchi kunida Pokistondan Afg’onistonga minglab odam o’tdi. Ammo narigi tomondan qatnov sezilarli darajada kamaygan.

Afg’onlar jazirama issiqda soatlab navbatda turganini aytadi.

“Qariyalarga, kasalmand odamlarga, chegaraning har ikki tarafida yashaydigan qarindoshlarga qiyin bo’ladi”, - deydi peshovarlik Hamidulla Siddiqiy.

Ayrimlar cheklovlarni ma’qullaydi.

“Chegaradan kimlar va qanday maqsadda o’tayotganini hech kim bilmaydi. Endi bu haqda ma’lumotga ega bo’lamiz”, - deydi pokistonlik shifokor Muhammad Mahsud.

Islomobodga ko’ra, asosiy maqsad - har ikki davlat o’rtasida jangarilarning erkin harakatlanishiga to’siq qo’yish.

Kuzatuvchilar fikricha esa, qaror aks natija berishi mumkin. Terrorchilar-ku tog’lar orqali yo’lini topadi, ammo oddiy afg’onlar orasida qo’shni davlatga nisbatan adovat hissi yanada oshadi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG