Pokiston chegaraga ko’proq qurol joylamoqda

  • Amerika Ovozi

Pokiston chegaraga ko’proq qurol joylamoqda

Pokiston chegaraga ko’proq qurol joylamoqda

Pokistonning port shahri Karachidagi portlashda uch askar nobud bo’lgan. Xuruj harbiy mashina yonida sodir etilgan. To’rt zobit yarador.

Baluchiston viloyatida esa jangarilar NATOning Afg’onistonga atalgan yuk karvonini o’qqa tutib, kamida 30 mashinani yoqib yuborgan.

Pokiston hukumati o’tgan oy NATO hujumida 24 askaridan ayrilib, Afg’onistonga boruvchi ta’minot yo’lini yopib qo’ygan edi.

Alyans yuk mashinalari vaqtincha chegara yaqinida saqlanayotgan bo’lgan.

Rasmiy Islomobod nazarida o’shanda alyans Mohmand viloyatidagi ikki bazani besabab o’qqa tutgan. NATO esa baza tomondan o’t ochilgani va o’zini himoya qilishga majbur bo’lganini ta’kidlaydi.

Pokiston chegaraga ko’proq qurol joylamoqda

Pokiston chegaraga ko’proq qurol joylamoqda

Pokiston maxfiy xizmati boshlig’i, general Ashfaq Kiyaniy so’zlariga ko’ra, Afg’oniston bilan chegaraga havo hujumidan mudofaa qiluvchi qurol yetkazilgan.

Bu, deydi u, qo’qqisdan hamlaga qarshi ehtiyot chora.

G’arbiy sarhadlar mudofaasini qayta ko’rib chiqayotgan Pokiston NATOdan ginasini unuta olmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG