Jangarilarga qarshi kurash avjida, NATO Markaziy Osiyo orqali chiqadi

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston va Pokiston orasidagi chegara hududida Al-Qoida va Tolibonga aloqador jangarilarga qarshi harakatlar jadallashgan. AQSh bir necha kun ichida uch marta qiruvchi samolyotlar bilan hujum uyushtirgan.

Asosan Shimoliy Vaziriston nishonda. Kamida 15 odam halok bo’lgan. Pokistonning bu hududi jangari makoni sanaladi.

Rasmiy Islomobodga ko'ra, so’nggi uch kun ichida 27 jangari qiruvchi samolyotlar o'qidan o'lgan.

May oyida afg’on va xalqaro koalitsiya qo’shinlari 100 dan ortiq maxsus operatsiya o’tkazgan. Natijada Al-Qoida va Tolibonning ko’plab yuqori darajadagi rahbarlari hibsga olingan yoki o’ldirilgan.

Afg’onistonning Hilmand viloyati rasmiysi Muhammad Doud Ahmadiy Tolibon qo’mondonlaridan birining halok bo’lganini tasdiqladi:

Mulla Abdul Salom Obid va uning jangarilari afg’on milliy armiyasi tomonidan uch kun oldin o’ldirilgan, deydi rasmiy.

Mulla Obid Tolibonning Helmand viloyatidagi harakatlarlariga rahbarlik qilgan, shuningdek Tolibonning ikkinchi qo’mondoni Mulla Abdul Qayum Zokirning akasi.

Afg'oniston janubida afg’on politsiya zobitini ozod etish maqsadida amalga oshirilgan operatsiyada bir britaniyalik askar halok bo’lgan.

Afg'oniston politsiyasi

Afg'oniston politsiyasi

Zobit yakshanba kechqurun Nori-Siroj politsiya punktidan o’g’irlab ketilgan edi.

NATO va afg’on rasmiylarining bildirishicha, dushanba kuni Britaniya qo’shinlari politsiyachini ozod etgan, biroq jinoyatchilar qochishga muvaffaq bo’lgan. Operatsiya davomida Britaniyaning bir askari halok bo’lgan, yana biri yaralangan.

Xalqaro qo’shinlar 2014-yilda Afg’onistondan olib chiqiladi. NATO Bosh kotibi Fog Rasmussenning dushanba kuni ta’kidlashicha, Afg’oniston armiyasi va politsiyasi mamlakat aholisining 75 foizi xavfsizligini ta’minlashni o'z zimmasiga olgan. 330 ming afg’on askari treninglardan o’tgan, 18 ta armiya batalyoni va 65 ta politsiya otryadi NATO maslahatchilari yordamida mutlaqo mustaqil ravishda faoliyat yuritishga o’rgatilgan.

Rasmussenning ma’lum qilishicha, NATO Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston bilan kelishuvga erishgan. Afg’oniston hududidagi operatsiyalar yakunlanar ekan, barcha harbiy jihoz va uskunani uch Markaziy Osiyo davlati hududi orqali olib chiqishga kelishib olgan.

“Bu kelishuvlar biz uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda, mustahkam va samarali transport tizimidan foydalana olamiz,” - dedi dushanba kuni Bryusselda NATO rahbari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG