Peshovardagi xurujga aloqadorlik gumoni bilan bir necha odam hibsda

  • Amerika Ovozi

Peshovarda 16-dekabr kuni toliblar sodir etgan otishma va portlashlar qariyb 150 o'quvchi va muallimni hayotdan olib ketgan edi.

Peshovarda 16-dekabr kuni toliblar sodir etgan otishma va portlashlar qariyb 150 o'quvchi va muallimni hayotdan olib ketgan edi.

Pokiston rasmiylari o'tgan hafta harbiy maktabga uyushtirilgan hujumga aloqadorlik gumoni bilan bir necha kishini hibsga olgan. Peshovarda toliblar sodir etgan otishma va portlashlar qariyb 150 o'quvchi va muallimni hayotdan olib ketgan edi.

Ichki ishlar vaziri Chodri Nisar Ali Xonning aytishicha, hibsdagilar bir necha soatlik o'sha qonli xurujni amalga oshirishda yordam bergan. Necha kishi ushlangani, ularning shaxsi aytilmayapti.

Harbiy forma kiyib olgan toliblar 16-dekabr kuni armiyaga qarashli maktabga bostirib kirib, bolalar va o'qituvchilarga qarata o't ochgan edi.

Pokiston rasmiylarining aytishicha, terrorchilar shu kabi yana bir hujumni rejalayotgani haqida ma'lumot bor. Ichki ishlar vaziri Chodri Nisar Ali Xon jamoatchilikni ogoh bo'lishga undadi.

Pokistonda o'lim jazosiga qo'yilgan cheklov bekor qilinishi ketidan, yakshanba kuni to'rt jangari dorga osilgan. Oliy jazoga qo'yilgan moratoriy Peshovardagi hujumdan keyin olib tashlandi.

Inson huquqlari faollari mamlakatda o'lim jazosiga qayta tiklanganini tanqid qilmoqda. Bu chora terrorizmni yo'q qilmaydi, aksincha adovat va qasos uchun yo'l ochadi, xolos, deydi huquq tashkilotlari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG