Pokistondagi xurujda 45 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Karachi, Pokiston. Xurujdan so'ng

Karachi, Pokiston. Xurujdan so'ng

Pokistonning Karachi shahrida shialar ketayotgan avtobus pistirmaga duch kelib, 45 nafari o'ldirilgan, jumladan 16 ayol. Politsiyaning bildirishicha, ismoiliy shialar ishga ketayotgan payt qurollangan to'da hujumiga uchragan.

Omon qolganlar ularni avvaliga qaroqchi deb o'ylaganini aytadi. Biroq olti kishidan iborat to'da surishtirmay o't ochgan. Bir necha odam yarador. Jinoyatchilar ikki bola va haydovchini omon qoldirib, yaradorlarni kasalxonaga yetkazishni buyurgan, so'ng mototsikllarda g'oyib bo'lgan.

Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif hujumni qoralagan.

Xabar qilinishicha, politsiya hujum sodir etilgan joyda "Xuroson" jangari guruhining varaqalarini topgan. Unda hujum ortida "Islomiy davlat" turgani yoziladi. Pokiston hukumati buni tasdiqlamagan va "Islomiy davlat"ning mamlakatda faoliyat yuritishini o'tmishda inkor etib kelgan.

Shialar Pokistonda ozchilikni tashkil etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG