Pokistondagi xurujda o'zbek jangarilar gumon qilinmoqda

  • Amerika Ovozi

Karachining Jinna nomli xalqaro aeroportidan tutun chiqmoqda, xurujdan so'ng, Pokiston, 9-iyun, 2014-yil

Karachining Jinna nomli xalqaro aeroportidan tutun chiqmoqda, xurujdan so'ng, Pokiston, 9-iyun, 2014-yil

Pokiston Toliboni Karachi xalqaro aeroportidagi voqeaga aloqadorligini tan olmoqda. Bugun bir necha jangari mamlakatdagi eng yirik aeroportga hujum qilgan. Xavfsizlik kuchlari bilan kechgan besh soatlik otishmada 28 odam, jumladan 10 tolib o’lgan.

Jangarilarning ayrimlari harbiy formada bo’lgan. Bir nechtasi o’zini portlatgan.

Qurbonlar orasida aeroportning to’rt xodimi, politsiyachi va zobitlar ham bor. Yo’lovchilardan hech biri zarar ko’rmagan.

Jangarilarga qarshi amaliyotga bosh bo'lgan general-mayor Rizvon Axtarning aytishicha, voqea aeroportning kargo terminalida ro’y bergan.

Toliblarning ba’zilari O’zbekistondan ekani aytilmoqda.

"Ularning yuz tuzilishidan, ko'rinishidan xorijlik ekani ayon edi. O'ylashimizcha, ular o'zbek", - dedi general.

Mamlakat bosh vaziri Navoz Sharif hujumni qoralagan. Sharif Tolibon bilan tinchlik muzokaralariga kirishib, aprel oyida olti haftalik sulhga kelishilgan edi. Sulhning ish bermagani bosh vazirga qattiq zarba bo'ldi.

Kecha Eron bilan chegaradosh Balujiston viloyatining Taftan shahrida sunniy jangarilar avtobusda ketayotgan shia ziyoratchilarga hujum qilib, kamida 26 nafarini nobud qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG