Breaking News

Pokistondagi hujumda shia ziyoratchilar halok bo’lgan


Pokiston janubi-g’arbida shia ziyoratchilarni olib ketayotgan uch avtobus portlab, yo'lovchilarning 19 nafari halok bo’lgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 30-dekabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:15 0:00
Yuklab oling

Baluchiston viloyatida ro’y bergan bu voqeada, shuningdek, 25 odam jarohat oldi, deya bildiradi politsiya. Bomba uzoqdan turib harakatga keltirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ziyoratchilar avtobuslarda Eronga yo’l olayotgan bo’lgan. Xuruj kimning ishi ekani noma’lum. Baluchiston jangari guruhlar va hamda muxtoriyat uchun kurashib kelayotgan baluch bo’lginchilarining makoni hisoblanadi.

Bu orada, mamlakatning Peshovar shahri yaqinida jangarilar tomonidan garovga olingan harbiylarning jasadi topilgan. Maxsus harbiy bo’linma a’zolarining 23 nafaridan faqat ikkisi qochishga ulgurgani xabar qilinmoqda.

Payshanba kuni Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyatida toliblar ikki tekshuruv punktiga hujum qilib, harbiylarni garovga olgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG