Pokiston Xitoy dushmanlariga shafqat qilmaydi

  • Amerika Ovozi

Pokiston Xitoy dushmanlariga shafqat qilmaydi

Pokiston Xitoy dushmanlariga shafqat qilmaydi

Pokiston Xitoy dushmanlariga shafqat qilmaslikka va’da bermoqda. Bu davlatga qarshi hujum rejalagan jangarilarni ayamaymiz, deya va’da qildi Pokiston Ichki ishlar vaziri Rahmon Malik mamlakatga tashrif buyurgan Xitoy Xavfsizlik vaziri Men Jianjuga.

Rahmon Malikning aytishicha, Xitoyning dushmani Pokistonga ham dushman.

“Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati bo’ladimi, o’zbek jangarilarimi, jazolaymiz. Pokistonda bu illatlarga o’rin yo’q. Xitoy bilan birgalikda terrorizmga qarshi, jangarilardan xoli dunyo uchun kurashamiz”, - dedi Pokiston Ichki ishlar vaziri.

Xitoy Xavfsizlik vaziri Men Jianjuning tashrifi Pokiston va uning yirik donori AQSh orasi qattiq sovuqlashgan bir paytga to’g’ri keldi. Amerika Pokiston razvedkasini Afg’onistondagi terrorchilar bilan bog’lar ekan, rasmiy Islomobod norozi.

AQSh bilan aloqalar uzilsa, Pokiston Xitoyga murojaat etishiga sha’ma qilmoqda.

“Pokiston xavfsizlik tizimini qo’llab-quvvatlash, harbiy salohiyatini mustahkamlash uchun yordamga tayyormiz. Ajratilgan mablag’ ekstremistlarga qarshi kurash uchun mo’ljallangan”, - deydi Men Jianju.

Xitoyda shu yilning iyulida ro’y bergan xurujlar ketidan rasmiy Pekin uyg’urlarni ayblab, ular Pokistonda tayyorgarlikdan o’tgan, deya ta’kidladi.

Shinjon-uyg’ur muxtoriyatida, Xo’tan shahridagi hujumlarda 20 kishi, jumladan, deydi Xitoy rasmiylari, 14 ekstremist o’lgan edi. Turkiston Islomiy partiyasi bu uning ishi ekanini bildirgan.

Huquq faollarining aytishicha, xuruj sababini Xitoy hukumatining zolim siyosatidan izlash kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG