Pokiston cherkovidagi xurujda 81 odam o'lgan


Pokistonlik nasroniylar katta yo'lni to'sib namoyish qilmoqda, Islomobod, 23-sentabr, 2013-yil

Pokistonlik nasroniylar katta yo'lni to'sib namoyish qilmoqda, Islomobod, 23-sentabr, 2013-yil

Kecha Pokiston shimoli-g’arbidagi Peshovar shahrida ikki kishi o’zini cherkov ichida portlatib, 81 odamni o’ldirgan, 120 nafari yaralangan.

Mamlakat bo’ylab nasroniylar norozilik namoyishlari o’tkazmoqda, yo’llarni yopib, zo’ravonliklarni qoralamoqda, hukumatni xavfsizlikni ta’minlashga chaqirmoqda.

Qurbonlardan 34 nafari ayollar, yettitasi bola. Cherkov tashqarisida turgan ikki musulmon politsiyachi ham nobud bo’lgan.

Pokiston Toliboniga aloqador guruh xuruj uning ishi ekanini aytgan. Uning bildirishicha, AQSh Pokistonning qabilaviy hududlarida havo hujumlarini bas qilmas ekan, musulmon bo’lmagan aholi nishonga olinishda davom etadi.

Pokiston razvedkasiga ko’ra, kecha AQShning pilotsiz samolyoti hujumida olti jangari yo’q qilingan.
XS
SM
MD
LG