Pokistonda AQSh razvedkasiga yordam bergan besh kishi hibsga olingan

  • Amerika Ovozi

Bin Laden Pokistonning Abbotobod shahrida yashagani ma'lum

Bin Laden Pokistonning Abbotobod shahrida yashagani ma'lum

Pokistonda besh kishi AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib, hibsga olingan.

"Nyu-York Tayms" gazetasining bildirishicha, ular amerikaliklarga al-Qoida rahbari Osama bin Ladenning joylashuvi haqida ma'lumot ulashgan. Bin Laden 2-may kuni Abbotobod shahrida AQSh maxsus operatsiyasi paytida o'ldirilgan edi. Hibsga olinganlar orasida Pokiston armiyasi mayori bor. U bin Laden turgan uyga kirib-chiqqan mashinalar nomerlarini yozib, amerikaliklarga uzatib turgan, deyiladi maqolada.

Pokiston armiyasi bu ishga aloqasi bor bir necha kishi hibsga olinganini tasdiqlab, orasida armiya ofitseri borligini inkor etmoqda. Armiya vakili general Said Azamat Alining Amerika Ovoziga aytishicha, hozir tergov ketmoqda. Ba'zilarining oqlanishi ehtimoldan xoli emas.

Markaziy Razvedka Boshqarmasi direktori Leon Panetta o'tgan hafta Pokistonda bo'lganida hibsga olingan besh kishi taqdirini muhokama qilgan, deb xabar qiladi "Nyu-York Tayms".


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG