Pokistondagi havo halokatida Filippin, Norvegiya elchilari o'lgan

  • Amerika Ovozi

30 dan ziyod diplomatik missiya rahbarlari va ularning oilalari, shuningdek, mahalliy rasmiylar uch vertolyotda Gilgit shahriga ekskursiyaga yo'l olayotgan bo'lgan.

30 dan ziyod diplomatik missiya rahbarlari va ularning oilalari, shuningdek, mahalliy rasmiylar uch vertolyotda Gilgit shahriga ekskursiyaga yo'l olayotgan bo'lgan.

Pokiston shimolida vertolyot halokatida yetti kishi halok bo'lgan. O'lganlar orasida Filippin va Norvegiyaning elchilari, shuningdek, Malayziya va Indoneziya elchilarining rafiqalari.

Uchuvchi va ekipajning bir a'zosi ham nobud bo'lgan.

Armiya so'zlovchisi, general Osim Bajvalning aytishicha, omon qolganlar bor - Polsha va Niderlandiya elchilari tirik. Vertolyotda jami 17 odam bo'lgan.

Pokistondagi toliblar hujumni amalga oshirganini da'vo qilayapti. Jangarilar Bosh vazir Navoz Sharifni nishonga olmoqchi bo'lgan.

Lekin Mudofaa vazirligi halokat texnik nosozlik sabab ro'y berdi, demoqda.

Pokiston rasmiylarining aytishicha, 30 dan ziyod diplomatik missiya rahbarlari va ularning oilalari, shuningdek, mahalliy rasmiylar uch vertolyotda Gilgit shahriga ekskursiyaga yo'l olayotgan bo'lgan.

Filippin elchisi Domingo D Lusenario

Filippin elchisi Domingo D Lusenario

Norvegiya elchisi Leif Holger Larsen

Norvegiya elchisi Leif Holger Larsen

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG