Pokistonda jangarilarga qarshi yangi operatsiya

  • Amerika Ovozi

Xaybar dovoni va Vaziriston mintaqasiga qiruvchi samolyotlar va jangovar vertolyotlar safarbar etilgan. Bu hududlarda qabilaviy tuzum hukmron.

Xaybar dovoni va Vaziriston mintaqasiga qiruvchi samolyotlar va jangovar vertolyotlar safarbar etilgan. Bu hududlarda qabilaviy tuzum hukmron.

Pokistonda armiya Afg’oniston bilan chegarada toliblarga qarshi havo hujumlari olib borib, “kamida 48 terroristni o’ldirdik”, deya bayon qilmoqda.

Xaybar dovoni va Shimoliy Vaziriston mintaqasiga qiruvchi samolyotlar va jangovar vertolyotlar safarbar etilgan. Bu hududlarda qabilaviy tuzum hukmron.

Hujumlarda olti fuqaro, jumladan ikki muallima va ikki o’quvchi o’lgan.

Asosiy nishon Shimoliy Vaziristondagi qo’rg’onlar, deydi harbiylar. Tolibon joylashib olgan makonlar tog’lar orasida va ularni yo’q qilish uchun kuchli texnika kerak.

Jangarilarga qarshi harakatlarning yangi to’lqini iyun oyida boshlangan edi. Shu kungacha 600 dan oshiq tolib yo’q qilingan, 40 askar halok bo’lgan. O’lgan ekstremistlar orasida ajnabiylar, xususan markaziy osiyoliklar ham ko’pligi aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG