Pokistonda ona va bola salomatligi xavf ostida

  • Amerika Ovozi

Pokistonning Tarparkar rayoni

Pokistonning Tarparkar rayoni

Pokistonning Tarparkar cho’l zonasida qurg’oqchilik sabab hosil yaxshi bo’lmay, to’yib ovqatlanmaslikdan 200 chaqaloq jon bergan. Panjob viloyatidagi bu hududni Cho’liston deb ham atashadi.

Bu yerda tug’ilayotgan chaqaloqlar o’ta kichik vaznli bo’lib, hayoti qil uchida turadi. Shifokorlarning aytishicha, 500 grammli chaqaloqlar ham bor.

Tarparkar tumanidagi Mitxi shahar tug’ruqxonasiga ba’zi ota-onalar uzoq qishloqlardan najot izlab keladi.

Bir necha yildan beri kuzatilayotgan qattiq qurg’oqchilik sabab hosil va chorva nobud bo’lib, oziq-ovqat ratsionida inson salomatligi uchun zarur moddalar yetishmaydi, yegulik kam, aholi qashshoqlashgan. Ayniqsa homilador ayollarga qiyin.

“Yomg’ir yog’ganda sabzavotlar yetishtirishga ulguramiz. So’ng ularni quritib, olib qo’yamiz va qurg’oqchilik paytida iste’mol qilamiz. Yomg’ir yog’masa, quritilgan garmdorini maydalab non bilan yeymiz”, - deydi bir ayol.

Onalar va ularning farzandlari to’yib ovqat yemaydi, asosiy kasalxona juda uzoqda joylashgan. Yo’l oson va arzon emas. Yaqin atrofdagilarida esa na shifokorlar bor, na ular jihozlangan.

Aksariyat ayollarni homila paytida biror marta shifokor ko’rmagan, chaqaloqlarni uyda tug’ishadi.

Homiladan saqlovchi vositalar yo’q, erta turmushga chiqqan ayollar ketma-ket tug’averadi, natijada organizm zaiflashib boraveradi.

Pokiston hukumati chora ko’rayotganini aytadi, ammo bolalar o’limi hanuz kamaygani yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG