Pokiston va Eron gaz quvuri quradi, AQSh norozi

  • Amerika Ovozi

Eron rahbari Mahmud Ahmadinajod, Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy Chohbahor shahrida, 11-mart, 2013-yil.

Eron rahbari Mahmud Ahmadinajod, Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy Chohbahor shahrida, 11-mart, 2013-yil.

Pokiston va Eron bir necha milliard dollarlik tabiiy gaz quvurini yotqizish yuzasidan kelishib olgan.

Shu munosabat bilan Pokiston rahbari Osif Ali Zardariy Eronga safar qilib, ikki davlat chegarasi yaqinidagi tantanali marosimda qatnashayapti.

Loyiha tabiiy gazga muhtoj, tok muntazam ravishda uzilib turadigan va bu hol bizneslarga salbiy ta’sir qilayotgan Pokiston uchun ayni muddao.

Biroq Eronga yadroviy izlanishlari uchun sanksiyalar qo’yilgan va bu davlat bilan biznes qilgan kompaniyalar ham qora ro’yxatda.

Shunday ekan, Vashington Pokiston va Eron o’rtasidagi yangi quvur loyihasiga qarshi ekanini yashirmayapti.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Muazzam Xon so’zlariga ko’ra, bunday ishlarda mamlakatning, xalqning ehtiyojlari ustun ko’riladi.

“Pokiston energiyaga g’oyat ehtiyojmand va bu loyiha yurt manfaatlari uchun zarur. E’tirozlar bo’lishi mumkin, ammo Pokistonning qarori qat’iy”, - deydi Muazzam Xon.

Quvur loyihasi 1994-yildan beri muhokama qilib kelinadi. Mamlakatda parlament saylovlari yaqinlashar ekan, qurilish ishlariga zo’r berilayotgani siyosiy kampaniya, ko’proq ovozlarni kafolatlash uchun bir o’yin, degan fikrlar bor.

Gaz quvuri 2014-yil oxirigacha ishga tushishi taxmin qilinmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG