Pokiston AQShning Tolibon yetakchisiga hujumini qoralamoqda

  • Amerika Ovozi

Pokiston Toliboni rahbari Hakimulla Masud (chapda), 2009-yil 4-oktabrda olingan surat

Pokiston Toliboni rahbari Hakimulla Masud (chapda), 2009-yil 4-oktabrda olingan surat

Pokiston Tolibon rahbari Hakimulla Masudning AQSh havo hujumida o’ldirilganini qoralamoqda. Rasmiy Islomobod fikricha, bu jangarilar bilan rejalanayotgan tinchlik muzokaralariga pand berishi mumkin.

Pokiston ichki ishlar vaziri Choudri Nisor Ali Xonning aytishicha, endi toliblar bilan kelishish juda qiyin bo’ladi.

"Hukumat vakillari Masud bilan uchrashish uchun Shimoliy Vaziristonga ketayotganda toliblar yetakchisi hujumga uchradi", - deydi vazir Ali Xon.

Sobiq kriket yulduzi va siyosatchi Imron Xon ham voqea bo’yicha noroziligini yashirmay, AQShning mintaqadagi faoliyatiga chek qo’yish zarurati haqida gapirdi.

"Vakillarimiz orqali Sind shtati kengashida bu masala bo’yicha rezolyutsiya qabul qilinishiga harakat qilamiz. Toki AQShning pilotsiz samolyot hujumlariga chek qo’yilmas ekan, NATO ta’minot yo’llari to’siladi", - deydi Tahriki-Insof partiyasi raisi.

Viloyat orqali NATOning Afg’onistondagi qo’shinlari uchun yuk o’tadi. Xalqaro kuchlar 2014-yil oxirigacha Afg’onistonni tark etishga hozirlanar ekan, Pokiston hududi qurol-yarog’, harbiylar va asbob-uskunani olib chiqish uchun muhim tranzit nuqtalaridan biri sifatida ko’rilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG