Peshovardagi masjidga hujumda o'ndan oshiq odam o'ldi

  • Amerika Ovozi

Peshovar, Pokiston. 13-fevral, 2015.

Peshovar, Pokiston. 13-fevral, 2015.

Pokiston politsiyasining aytishicha, mamlakat shimoli-g'arbida shia masjidiga uyushtirilgan hujumda kamida 19 kishi halok bo'lgan. Yana 60 odam yaralangan.

Peshovardagi masjidda juma namozi paytida jangarilar bostirib kirib o't ochgan, portlashlar sodir etgan.

Pokistondagi toliblar hujum ularning ishi ekanini da'vo qilayapti.

Ikki hafta oldin mamlakat janubidagi masjidda portlash kamida 60 odamning boshini yegan edi. O'sha kungi xurujni toliblarning sherigi, sunniy Jundalloh guruhi sodir etgan edi.

Sunniy jangarilar Pokistondagi shialarni tez-tez nishonga olib keladi. Shialar mamlakat aholisining beshdan bir qismini tashkil etadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun rasmiy Islomobodni diniy guruhlar va ozchilik elatlarni himoya qilish uchun jonliroq harakat qilishga undamoqda.

Oxirgi ikki yilgi zo'ravonliklar yuzlab shialarni hayotdan olib ketdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG