Pokiston sudi Musharrafni saylovga yo’latmayapti

  • Amerika Ovozi

Parvez Musharraf prezidentlik yillarida mansabni suiiste’mol qilgani uchun endilikda parlament saylovlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.

Parvez Musharraf prezidentlik yillarida mansabni suiiste’mol qilgani uchun endilikda parlament saylovlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.

Pokiston sudyalari sobiq rahbar Parvez Musharrafni kelasi oygi parlament saylovlariga yo’latmayapti.

O’z ixtiyori bilan surgunni tanlagan Musharraf siyosiy sahnaga qaytish uchun bir necha hafta oldin yana Pokistonda paydo bo’lgan edi.

O’tgan hafta shimoldagi chekka Chitral tumani sudi unga 11-may kuniga belgilangan poygalarda qatnashishga ruxsat bergan.

Mahalliy advokatlar bu qaror ustidan shikoyat yo’llab, natijada uch hakamdan iborat kengash hukmni bekor qilgan.

Musharrafning advokatlari masalani Oliy Sud muhokamasiga topshirmoqchi.

Parvez Musharraf prezidentlik yillarida mansabni suiiste’mol qilgani uchun endilikda parlament saylovlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.

2007-yilda sobiq bosh vazir Benazir Bxuttoga uyushtirilgan suiqasdda ham Musharrafning qo’li borligi taxmin qilinadi.

U 1999-yilda harbiy to’ntarish oqibatida Pokiston boshqaruvini qo’lga olgan va 10 yillik hokimiyati ketidan 2008-yilda jamoatchilik bosimi ostida lavozimidan ketgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG