Pokiston yildan yilga yadroviy qurollarini ko'paytirmoqda

  • Amerika Ovozi

AQShda asoslangan Karnegi tadqiqot markaziga ko'ra, har yili 20 ta atom bombasi ishlab chiqarayotgan Pokiston kelasi 10 yilda zaxirasini 350 taga yetkazishi mumkin.

Bundanda ko'proq yadroviy qurolga faqat AQSh va Rossiya ega.

"Pokistonda aholi soni o'sib borayapti. Ijtimoiy va ta'limiy dasturlarga ehtiyoj katta. Mamlakat, shuningdek, energetik inqiroz bilan yuzlashib turibdi. Mablag' yadroviy tadqiqotlarga emas, ana shu muammolarni bartaraf etishga sarflanishi zarur", deyiladi tahlilnomada.

Qo'shma Shtatlar Pokistonni yadroviy arsenalini kamaytirishga chaqirmoqda.

"Tahlilnomada keltirilgan raqamlarni o'rganib chiqyapmiz", - deydi Davlat departamenti so'zlovchisi Jon Kirbi.

Pokistonning maqsadi yadroviy salohiyat bobida qo'shni Hindistondan qolishmaslikdir. Ikki davlat uch urushni boshdan kechirgan. Islomobod tahlilnomada keltirilgan ma'lumotlar bo'yicha izoh bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG