Breaking News

Shimoliy Vaziristonda jangarilar katta talafot ko'rmoqda


Pokiston armiyasi Shimoliy Vaziristonda amaliyot o'tkazmoqda, 16-iyun, 2014-yil
Pokiston armiyasi Shimoliy Vaziristonda amaliyot o'tkazmoqda, 16-iyun, 2014-yil
Pokiston rasmiylariga ko’ra, bugun Afg’oniston bilan chegaradosh shimoli-g’arbiy hududda jangarilar pozitsiyasi havodan nishonga olinib, kamida 15 tolib yo’q qilingan.

Armiyaning Shimoliy Vaziristonda so’nggi uch kun davomidagi amaliyoti natijasida 187 jangari nobud bo’lgan.

Tolibon bir hafta oldin Karachi aeroportiga hujum qilib, 30 kishini o’ldirgach, hukumat harakatga qarshi keng qamrovli amaliyot boshlagan.

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif kecha Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay bilan gaplashib, undan chegara xavfsizligini kuchaytirishni so’ragan.

AQShning Afg’onistondagi qo’shinlari Pokiston bilan chegarada kuzatuvni oshirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG