Afg'oniston, Tolibon o'rtasida maxfiy muzokaralar

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston

Afg'oniston

Pokiston Afg'onistonda tinchlik qaror topishi tarafdori. Notinch davlat bilan aloqalarni rivojlantirish - ustuvor masalalardan, deydi bu davlat rasmiylari.

Bu orada, "Wall Street Journal" nashrining yozishicha, o'tgan hafta Xitoy tashabbusi bilan Urumchida Afg'oniston va toliblar muzokara o'tkazgan hamda Pokiston razvedkasi uchrashuvni tashkil qilishda yordam bergan.

Har hafta o'tadigan matbuot anjumanida Pokiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Qozi Halilulla bu uchrashuvlarni izohlashdan bosh torgan.

"Pokiston Afg'oniston yetakchiligidagi, Afg'oniston mas'ul har qanday tinchlik muzokaralarini qo'llab-quvvatlaydi. Biz bu tashabbuslarni yoqlaymiz", - deyish bilan cheklanadi rasmiy.

"Afg'oniston tinch-totuv yashashidan Afg'oniston ahli, Pokiston xalqi, mintaqa ahli manfaatdor. Xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun ham muhim bu", - deydi Halilulla.

Tolibon Xitoyda muzokaralar o'tayotgani haqidagi xabarlarni tan olmayapti.

E'tiborlisi shuki, Afg'onistonda Prezident Ashraf G'ani o'tgan yili hokimiyatga kelganidan beri Pokiston bilan rishtalar iliqlashgan, deydi tahlilchilar.

Rasmiy Islomobod Tolibonga bosimni oshirib, Kobul bilan muzokaralarga ko'nishga zo'r berib undayotgandek.​

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG