Pokistonda halok bo'lgan o'quvchining nomi abadiylashtiriladi

  • Amerika Ovozi

Xudkush hujumchi yo'lini to'sib halok bo'lgan o'quvchi Aitzoz Hassan qabri ustida Qur'on tilovat qilinmoqda.

Xudkush hujumchi yo'lini to'sib halok bo'lgan o'quvchi Aitzoz Hassan qabri ustida Qur'on tilovat qilinmoqda.

Pokistonda yuzlab maktabdoshlarining hayotini saqlab qolish uchun xudkush hujumchining yo’lini to’sib o’z jonini qurbon qilgan o’quvchining nomi abadiylashtirilmoqda. Ibrohimzoy qishlog'idagi marhum o’qigan maktabga va yana bir stadionga uning nomi beriladi, deya xabar berdi Haybar Paxtunxva rasmiylari.

Provinsiya gubernatori Shavkatulloh Xon o’quvchi yashagan xonadonga tashrif buyurib, uning oilasiga 5 million Pokiston rupiyasi ($47,000) miqdorida tovon puli berilishini e’lon qildi.

Gubernatorning “Amerika ovozi”ga aytishicha, o’z hayotini qurbon qilgan o’quvchi bugun millat faxriga aylangan.

“Bunday yosh o’g’il-qizlar berayotgan qurbonlik bu vatan uchun ulkan sharafdir. Men bu yerda Pokiston prezidenti va bosh vaziri nomidan marhumning qabriga guldasta qo’ydim”, - dedi u.

O’tgan hafta Aitzoz Hasan Ibrohimzoy qishlog’ida maktabni portlatishga uringan shaxsni to’xtatib qolib, o’z hayotini boy bergach, millat qahramoniga aylandi.

U o’zini qurbon qilish evaziga yuzlab boshqa o’quvchilarnig hayotini saqlab qoldi, deydi Hasanning akasi.

Uning o’limi onasini yig’latdi, lekin u xudkushning yo’lini to’smaganda maktabdagi 500 o’quvchining onasi hozir yig’layotgan bo’lardi, dedi provinsiya gubernatori Shavkatulloh Xon.

Tolibon hujumidan omon qolgan pokistonlik yosh huquq faoli Malala Yusufzoy ham Hasanning jasoratini olqishladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG