Pokistonda toliblar hukumat bilan sulhni bekor qildi

  • Amerika Ovozi

Ravalpindi, Pokiston

Ravalpindi, Pokiston

Pokistondagi toliblar hukumat bilan vaqtincha sulhni bas qilgan. 40 kun otishmani to’xtatishdan maqsad hukumat bilan tinchlik haqida gaplashib olish edi. Mamlakatda yana xurujlar va zo’ravonliklar avj oladi degan xavotir bor.

Tahriki Tolibon Pokiston bu payt ichida hukumat bilan yuzma-yuz gaplashib oldi. Pokistonda portlashlar soni sezilarli kamaydi. Muloqotni jonlantirish uchun rahbarlar hatto bir necha sobiq jangarini qamoqdan qo’yib yubordi.

Lekin jangarilar so’zlovchisi Shahudulla Shahid kecha muzokarani yakunlab, hukumatni toliblarning talablarini inobatga olmaganlikda ayblagan.

Tolibon, xususan, qamoqdan safdoshlari qo’yib yuborilishini, jangarilar erkin harakat qilishi uchun erkin zona yaratishni, toliblarga qarshi har qanday harbiy amaliyotni bas qilishni so’ramoqda.

Tanqidchilar nazarida hukumatni ag’darishni va islomni kuch bilan o’tkazishni maqsad qilgan guruh bilan murosa qilish mumkin emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG