Breaking News

Islomobodda namoyishlar, toliblar qamoqdan qo'yib yuborilgan


Pokistonda Hindistonga qarshi namoyishlar, 6-sentabr, 2013
Pokistonda Hindistonga qarshi namoyishlar, 6-sentabr, 2013
6-sentabr kuni Islomobodda Hindistonni terrorist davlat deya qoralab, namoyishga chiqqanlar orasida uzoq yillardan beri Amerika tomonidan qidirilayotgan mutaassib Hofiz Said ham bo’ldi. Said 2008-yilda Mumbayda yuz bergan terror xurujlarida ayblanadi. 166 kishi o’lgan edi o’shanda.

Hofiz Said - Lashkari Toiba guruhi asoschisi. Tashkilot Pokistonda man etilgan, ammo Hofiz Said ozodlikda. Mumbaydagi xurujlarga aloqam yo’q, deya ayblovni rad etib keladi.

Uni terrorchi deb hisoblovchi Amerika Saidni tutishga yordam berganlarga 10 million dollar va’da qilgan.

Bugun Islomoboddagi namoyishlarda hayqirganida Hofiz Said ommani Hindistonga qarshi urushga undagan. Bu jihod, muqaddas urush, deydi u.

Pokiston yetti afg’on mahbusni qo’yib yubordi

Ozodlikka chiqqanlarning hammasi toliblar. Maqsad, deydi rasmiylar, bu harakat bilan murosaga erishish, toki urush tugasin. Kobul Islomoboddan shuni so’rayotgan edi.

O’tgan yili Pokistonda 26 tolib erkinlikka chiqarilgan edi.

Afg’oniston azaldan qo’shni davlatni Tolibon yetakchilarini zimdan quvvatlayotganlikda va o’z razvedka tizimlari orqali jangarilarni moylab, chegara hududlarida qonli xurujlar amalga oshirayotganlikda ayblab keladi. Pokiston buni rad etib keladi va qamoqxonalari toliblarga to’la ekanini ro’kach qiladi.

Kobul Tolibonning Qatarda idora ochib, rasman tan olinayotganiga qarshi chiqqan edi. Pokistonni harakatga yon bosayotganlikda tanqid qilgan. Shu jumladan, Amerikani ham.

Yaqinda prezident Hamid Karzay Islobomodga safar qilib, afg’on tinchlik kengashi va toliblar yuzma-yuz so’zlashishi uchun sharoit yaratish kerak, deya Pokistondan u bilan hamkorlik qilishni so’ragan.

Karzay nazarida Islomobod sidqidildan urinsa, Tolibonni o’z gapiga ko’ndira oladi - xurujlarni bas qilib, qurolni tashlab, tinch yashashga.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG