Pentagon: Pokiston talabi bajarilmaydi

  • Amerika Ovozi

Pentagon - AQSh Mudofaa vazirligi

Pentagon - AQSh Mudofaa vazirligi

Pokiston AQSh havo hujumlarida begunoh odamlarni o’ldirgani uchun kechirim so’rashi va javobgar harbiylarni jazolashi kerak degan talabni o’lga surar ekan, Pentagon salbiy javob bermoqda.

O’tgan yilning noyabr oyida Afg’oniston bilan chegaradosh hududda NATO olib borgan operatsiyalarda Pokiston tomondan 24 askar halok bo’lgan edi. Islomobodning talabi shu voqeaga bog'liq.

AQSh buning uchun biror harbiysini jazolamoqchi emas.

Pentagon xulosasi shuki, NATO safidagi askarlar o’zini himoya qilish uchun o’q uzishga majbur bo’lgan.

Pokiston tomon begunoh emas, deydi rasmiylar, uning askarlari xalqaro koalitsiyani nishonga olgan.

Islomobod bu xulosalarni qoralagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG