Pokiston bin Ladenga qarshi maxfiy operatsiyani qoraladi


Pokiston bin Ladenga qarshi maxfiy operatsiyani qoraladi

Pokiston bin Ladenga qarshi maxfiy operatsiyani qoraladi

Pokiston parlamenti AQSh bu mamlakat territoriyasida o’tkazgan harbiy operatsiyani qoralab, rezolyutsiya qabul qildi.

Gap oy boshida Abbotobod shahrida al-Qoida rahbari Osama bin Ladenni nishonga olgan maxfiy reyd haqida ketmoqda. Vashington rasmiy Islomobodni bu haqda xabardor qilmagan edi.

Pokiston Senati va Milliy Assambleyasi majlisida razvedka idorasi rahbari va harbiy yetakchilar bu borada savolga tutilgan. Yopiq eshiklar ortida o’tgan muhokamadan so’ng, qonunchilar hodisani tergov qilishga chaqirdi.

“AQSh shu kabi bir yoqlama harakatlari bilan Pokiston suverenitetini oyoq osti qilmoqda”, - deyiladi rezolyutsiyada.

Bu orada, Amerikada ayrim konservativ guruhlar bin Ladenning jasadi aks etgan suratlarni ommaga ko’rsatishni talab qilmoqda.

“Yuridik Nazorat” tashkiloti axborot erkinligi to’g’risidagi qonunga tayanib, Mudofaa vazirligi va Markaziy Razvedka Boshqarmasiga murojaat qilgan.

Al-Qoida rahbari o’ldirilgani haqidagi dallillar 20 kun ichida tadqim etilishi shart, deydi faollar.

Prezident Barak Obama nazarida esa, qonli rasmlardan jangarilar propaganda quroli sifatida foydalanishi mumkin. Ularni Kongress a’zolari ko’radi xolos.

So’nggi ma’lumotlarga qaraganda, Bin Ladenning Pokistondagi uyida qo’lga kiritilgan katta arxiv, kompyuter disklari, yozuvlar, video-filmlar ichida pornografik materiallar ham bor.

XS
SM
MD
LG