Pokiston qonunchilari fikricha AQSh hujumlar uchun kechirim so'rashi kerak

  • Amerika Ovozi

AQSh qiruvchi samolyotlarining qoldiqlari, Pokistonning Chaman shahridagi manzara

AQSh qiruvchi samolyotlarining qoldiqlari, Pokistonning Chaman shahridagi manzara

Pokiston parlamentining milliy xavfsizlik bo’yicha qo’mitasi Qo’shma Shtatlardan bu davlat hududida pilotsiz samolyotlari hujumlarini bas qilishni talab qilmoqda.

Shuningdek, deya bildiradi bu qo'mita, o’tgan yil noyabr oyida 24 pokistonlik askarning o’limiga sabab bo’lgan NATO havo hujumi uchun uzr so’rashi shart.

Ushbu organga AQSh bilan aloqalarni ko’rib chiqish yuklangan edi. Hisobot kecha parlament palatalarining qo’shma majlisida taqdim etildi.

Pokiston parlamenti, Islomobod

Pokiston parlamenti, Islomobod

Qo’mita raisi Mian Rizo Rabboniyning aytishicha, AQSh havo hujumlaridan foyda yo'q, aksincha, oddiy fuqarolar o’lmoqda, qabilaviy hududlarda xususiy mulkka zarar yetib, aholining Amerikaga qarshi kayfiyati kuchayib, terrorchilarga xayrixohligi oshmoqda.

Vashingtonda ayrim qonunchilar Pokiston parlamenti qo’mitasining xulosasiga parvo qilmaslikka chaqirmoqda. Xususan, mustaqil senator Jo Libermanning aytishicha, AQShning Pokiston hududidagi havo hujumlari Amerika xavfsizligi uchun muhim va ularni to’xtatmaslik kerak.

Senat razvedka qo’mitasi raisasi Dayan Feynshtaynning aytishicha, Pokiston afg’on chegarasidagi terrorchilar va radikal jangarilarga qarshi kurashda yetarlicha shijoat ko’rsatmayapti, shu bois Qo’shma Shtatlar havo hujumlaridan voz kechmasligi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG