Pokistonda "Amerika Ovozi"ning muxbiri otib o'ldirilgan

  • Amerika Ovozi

Mukarram Xon Atif eng xavfli nuqtalardan axborot uzatib kelayotgan edi. Bunday muxbirlarsiz dunyo ahli qaynoq o'lkalarda nima bo'layotganini bila olmaydi.

Mukarram Xon Atif eng xavfli nuqtalardan axborot uzatib kelayotgan edi. Bunday muxbirlarsiz dunyo ahli qaynoq o'lkalarda nima bo'layotganini bila olmaydi.

Pokistonda Tolibon “Amerika Ovozi” muxbirini o’ldirganini tan olmoqda.

Mukarram Xon Atif Afg’oniston bilan chegaradosh tog’li hududdan pushtu tilida ma’lumot uzatar edi. Bu mintaqa xalqaro axborot vositalari uchun juda xavfli sanaladi. Mahalliy muxbirlarning xizmati katta. Ular o’z hayotini xavf ostiga qo’yib, dunyoning bu qaynoq nuqtasidagi vaziyatni yoritib keladi.

“Amerika Ovozi” ning aniqlashicha, Mukarram Xon Atif Xaybar-Paxtunxva viloyatining Shabqadar degan shaharchasida xufton namozini o’qiyotgan paytda otib ketilgan. Ikki kishi mototsiklda kelib, hammaning ko’z oldida muxbirni nishonga oldi, deydi guvohlardan biri.

Jurnalist namoz paytida o'ldirilgan

Jurnalist namoz paytida o'ldirilgan

Jurnalist kasalxonada jon bergan. Mukaram Xon Atif 45 yoshlar atrofida edi, oilali, butun umrini Pokistonning shu qismida o’tkazgan.

Tolibon uni bir necha bor nishonga olgan, qo’rqitgan va shu tahdid sabab muxbir oilasi bilan Peshovardan Shabqadarga ko’chgan edi.

Xalqaro hamjamiyat va mahalliy yetakchilar jurnalistning o’limini terror xuruji deb atab, hukumatni adolatni ta’minlashga chaqirmoqda.

Janubiy Osiyo Erkin matbuot uyushmasi Bosh kotibi Imtiyoz Olam fikricha jurnalistlarga hamla qiladigan tomonlar eng qo’rqoq odamlar. Shu bois ham ular axborot yig’ayotgan shaxslarga yopishadi, deydi u.

Xaybar-Paxtunxva viloyati Afg'oniston bilan chegaradosh

Xaybar-Paxtunxva viloyati Afg'oniston bilan chegaradosh

“Pokiston hukumati bu jinoyatni tergov qilishi, qotillarni ushlashi kerak. Jurnalistning oilasiga tovon to’lash lozim. Pokiston jurnalistlar uchun eng xavfli maskanlardan biri. Xavotirimiz shuki, bugungi qotillik oxirgisi emas. Ekstremist kuchlar muxbirlarni nishonga olaveradi”,- deydi Imtiyoz Olam.

“Amerika Ovozi” Pokiston Axborot vaziri Firdavs Oshiq Avon bilan bog’langanida “hukumat qotillikni izchil tergov qiladi, jinoyatchilar qilmishi uchun javob beradi va jurnalistning oilasiga moddiy yordam ko’rsatiladi” degan va’da berildi.

“Bugun hammamiz uchun birdek qayg'uli kun. Bu qotillikni tubdan qoralaymiz. Shaxsan va hukumat nomidan jurnalistning oilasiga hamdardlik bildiramiz. Biz bu qotillarni topib, oshkora tergov o’tkazishga so’z beramiz”,- deydi vazir.

Pokiston Bosh vaziri Yusuz Rizo G'iloniy va Qurolli kuchlar qo'mondoni Ashfaq Parvez Kiyaniy, Islomobod

Pokiston Bosh vaziri Yusuz Rizo G'iloniy va Qurolli kuchlar qo'mondoni Ashfaq Parvez Kiyaniy, Islomobod

Pokistonda terrrozimga qarshi kurashar ekan, deydi Firdavs Oshiq Avon, butun aholi hayoti tahdid ostida.

Mukarram Xon Atif “Amerika Ovozi” qatorida “Dunya TV” deb nomlangan mahalliy, xususiy telekanalga ham ishlar edi.

Pokiston jamoatchiligi orasida davlat xavfsizlik xizmatiga ishonch juda past. Mahalliy va chet ellik jurnalistlarni nafaqat terroristlar balki ular bilan zimdan hamkorlik qiladigan agentlar ham nishonga oladi degan qarash keng tarqalgan. Chunki bu muxbirlar Pokistondagi azaliy muammolar va mudhish holatlarni yotirishga harakat qiladi.

2011-yil Pokistonda jurnalistlar uchun eng qonli davr bo’ldi. 10 muxbir halok bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG