Amerika bosh diplomati yana Yaqin Sharqqa jo'nadi

  • Amerika Ovozi

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri bugun Isroilga borib, yana Yaqin Sharq tinchlik bitimi haqida gaplashmoqda. Taraflar Falastin va Isroil o’rtasida turgan ziddiyatlarni bartaraf qilishga urinib ko’radi.

AQSh diplomati bir necha mintaqada bo'lib, Ramallohda Falastin rahbari Mahmud Abbos va Quddusda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan muzokara rejalagan.

Foydasi yo'q deydiganlar soni esa tobora oshib borayapti. Jon Kerri shubhalarga javoban Isroilning Iordaniya va Misr bilan erishgan tinchlik bitimlarini misol qiladi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Mari Xarfning aytishicha, tashrif paytida kelishuvga erishilishi gumon. Biroq o’rtada tafovutlar kamayishi ehtimoldan xoli emas.

Tinchlik bitimiga to’sqinlik qilayotgan asosiy muammolar – chegaralar, xavfsizlik, Quddusning maqomi va falastinlik mahbuslar maqomidir.

Falastin va Isroil uch yillik tanaffusdan keyin o’tgan yilning iyulida muzokara stoliga qaytgan. Murosaga erishish uchun ular aprelgacha muddat belgilab olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG