Falastin Isroil bilan xavfsizlik bobida hamkorlikni to'xtatadimi?

  • Amerika Ovozi

Prezident Mahmud Abbos Ozod Falastin tashkilotining majlisida qatnashmoqda. Ramalloh, 4-mart, 2015-yil.

Prezident Mahmud Abbos Ozod Falastin tashkilotining majlisida qatnashmoqda. Ramalloh, 4-mart, 2015-yil.

Ozod Falastin tashkiloti Prezident Mahmud Abbosni Isroil bilan xavfsizlik bo'yicha hamkorlikni to'xtatishga chaqirayapti.

Shu bilan Isroilni Falastinni soliq daromadidan ayirish qarori uchun jazolamoqchi.

Tashkilot Falastin ma'muriyatida qaror chiqaruvchi muhim idoralardan.

Prezident Abbos va Isroil hali munosabat bildirganicha yo'q.

Sal oldin Falastin Xalqaro jinoiy sudga qo'shilish istagini bildirgan, bundan norozi Isroil yanvarda Falastinga suv va havodek zarur soliq tushumlarini muzlatgan edi.

Falastin va Isroil xavfsizlik masalasida hamkorlik qilar ekan, zo'ravonlik hamda to'qnashuvlarga doir ma'lumotni almashib keladi.

Bu hamkorlik nisbatan tinchlikni ta'minlashda muhim o'rin tutishi aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG