Al-Aqso barcha yoshdagi musulmonlar uchun ochiq

  • Amerika Ovozi

Rasmiylar avvalroq, sentabrda joriy etgan cheklov hududda falastinlik va isroilliklar o'rtasida zo'ravonlik va to'qnashuvlarni avj oldirgan edi. Xususan, juma kunlari al-Aqso masjidiga yosh musulmonlar kirishi man qilib qo'yilgan edi.

Rasmiylar avvalroq, sentabrda joriy etgan cheklov hududda falastinlik va isroilliklar o'rtasida zo'ravonlik va to'qnashuvlarni avj oldirgan edi. Xususan, juma kunlari al-Aqso masjidiga yosh musulmonlar kirishi man qilib qo'yilgan edi.

Isroil hukumati Sharqiy Quddusdagi ibodatxonani hamma yoshdagi musulmonlar uchun ochib berdi.

Rasmiylar avvalroq, sentabrda joriy etgan cheklov hududda falastinlik va isroilliklar o'rtasida zo'ravonlik va to'qnashuvlarni avj oldirgan edi.

Xususan, juma kunlari al-Aqso masjidiga yosh musulmonlar kirishi man qilib qo'yilgan edi. Bu joy ham yahudiy, ham musulmonlar uchun muqaddas qadamjo hisoblanadi.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri shu hafta Berlinda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan ko'rishib, ixtilofni tinch yo'l bilan hal qilish haqida gaplashib olgan.

Netanyaxuning qayta-qayta ta'kidlashicha, g'alayonni avj oldirayotgan - Falastin tomoni, xususan, Hamas guruhi va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos.

Jon Kerri esa Isroil va Falastinni bir-birini ayblashni bas qilishga, so'nggi qonli to'qnashuvlarni tugatishga undamoqda. So'nggi bir oyda zo'ravonliklar isroillik sakkiz fuqaro va yana 50 nafar falastinlikni hayotdan olib ketdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG