Isroil yo’qolgan o’smirlarni qidirib, Falastin bilan o’q almashdi

  • Amerika Ovozi

Isroil askarlari G'arbiy sohilda qidiruv ishlari olib borayapti.

Isroil askarlari G'arbiy sohilda qidiruv ishlari olib borayapti.

Isroillik bolalar G’arbiy sohilda maktabdan qaytayotib, bedarak ketgan edi. Isroil HAMASdan gumon qilayapti.

Isroil armiyasi o’tgan hafta g’oyib bo’lgan uch o’smirni qidirib, bugun tunda falastinliklar bilan olishgan.

Isroillik bolalar G’arbiy sohilda maktabdan qaytayotib, bedark ketgan edi.

Isroil armiyasi bunda G’azoda hukmron HAMAS guruhini ayblayapti. Falastinlik bu tuzilma esa da’voni rad etadi.

Falastin tomoni va Isroil tunda bir-biriga raketa otib, o’q almashgan. 30 falastinlik hibsga olindi, deydi rasmiylar.

Shu bilan Isroil o’tgan haftadan beri qamoqqa tashlagan falastinliklar soni 280 kishiga yetdi.

Falastin prezidenti Mahmud Abbosning aytishicha, uning kuchlari o’smirlarni qidirishda yordam berayapti.

Biroq Abbos nazarida Isroil hukumati bolalar bedarak ketganidan foydalanib Falastin ahliga zug’um o’tkazayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG