Vatikan, Falastin tarixiy bitim imzoladi

  • Amerika Ovozi

Rim papasi va Falastin rahbari, 17-may, 2015

Rim papasi va Falastin rahbari, 17-may, 2015

Vatikan bugun Falastin davlati bilan ilk bitimini imzoladi. Qaror Isroil tomonidan qoralangan.

Bir necha yillik muzokaralar ortidan imzolangan kelishuv Rim-Katolik cherkovining Iordan daryosining g'arbiy sohilidagi faoliyatiga oydinlik kiritadi.

Hujjat 1967-yilgi Isroil bosqinidan oldingi chegaralar asosida Falastin davlatining yaralishini qo'llab-quvvatlaydi. Vatikan 2013-yilda Falastinni mamlakat deya tan olib 135 davlat safiga kirgan edi.

Isroil bu kabi qadamlarni rad etib, davlatchilikka doir qaror faqat ikki tomonlama muzokara natijasida hal qilinishi kerak, deydi. Biroq bu muzokaralar uzoq yillardan beri joyidan siljimaydi.

Falastin Isroil ustidan Xalqaro jinoiy sudga ariza berdi

Falastin Tashqi ishlar vazirligi o'tgan yilgi 50 kunlik urush paytida Isroilni harbiy jinoyatlarda ayblab Xalqaro jinoiy sudga ariza topshirdi. Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malkiy payshanba kuni hujjatni taqdim etgan.

Hafta boshida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tergovchilari Isroil va Falastinni birday xalqaro qonunbuzarliklarda ayblab chiqqan edi.

O'tgan yili Isroil va Falastin o'rtasidagi to'qnashuvda falastinlik kamida 2200 odam, asosan, oddiy fuqarolar o'lgan. Isroil esa 67 askari va olti fuqarosini boy bergan.

AQSh va Isroilning e'tirozi shuki, Xalqaro jinoiy sudning aralashuvi Falastin-Isroil tinchlik kelishuviga to'g'anoq bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG