Mahmud Abbos BMT minbarida: Falastin davlatini tan oling

  • Amerika Ovozi

Mahmud Abbos BMT minbarida: Falastin davlatini tan oling

Mahmud Abbos BMT minbarida: Falastin davlatini tan oling

AQSh va Isroil e’tiroziga qaramasdan, Falastin rahbari Mahmud Abbos bugun BMT Bosh Assambleyasiga murojaat qilib, uning davlatini 1967-yilgi chegara asosida tan olishni so’radi.

Reja bitilgan hujjat BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun qo’liga topshirildi. Diplomatik mojaroning oldini olishga ko’p harakat qilindi, ammo natija bermadi.

Assambleyada qarsaklar bilan kutib olingan prezident Mahmud Mahmud Abbos Isroilni bosqinchi davlat deb atadi.

“O’nlab yildan buyon okkupatsiya ostida cheksiz azob chekayotgan dovyurak Falastin xalqi dunyoning boshqa jamiyatlari kabi o’zining erkin, suveren va mustaqil davlatiga ega bo’lish vaqti yetdi”, - dedi Abbos.

Muzokara mag’lubiyatining asosiy sababi, deydi u, Isroil Falastin o’z davlati uchun mo’ljallangan hududda qurilishni davom ettirayotganidir.

Davlatchilik rejasi bitilgan hujjat BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun qo’liga topshirildi.

Davlatchilik rejasi bitilgan hujjat BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun qo’liga topshirildi.

“BMTga murojaat qilishdan boshqa yo’l qolmadi”, - deydi Mahmud Abbos.

Masala o’ganilib, BMT Xavfsizlik Kengashida ovozga qo’yilishi uchun bir necha hafta vaqt kerak bo’ladi. Bu orada diplomatik muzokaralar davom etadi. Kengashda ish bitmasa, Falastin 193 davlatni o’z ichiga olgan Bosh Assambleyadan yordam so’ramoqchi.

Muxtoriyat rasmiylarining qayd etishicha, mustaqilikka da’vogarlik Isroil bilan tinchlik muzokaralaridan voz kechildi degani emas.

Prezident Abbosning BMTdagi nutqi oldidan, Isroil xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Iordan daryosining g’arbiy sohili va Quddus atrofiga 22 ming politsiyachi safarbar etilgan.

Ramalloh va Nablusda kecha yuzlab falastinliklar AQShni noxolislikda, Isroil yonini olayotganlikda ayblab namoyish o’tkazgan. Prezident Obama nazarida Yaqin Sharq mojarosi BMT rezolyutsiyalari bilan hal bo’ladigan masala emas. Obama Falastin da’vosiga veto qo’yishini boshidan aytib kelmoqda.

Mahmud Abbos BMT minbarida: Falastin davlatini tan oling

Mahmud Abbos BMT minbarida: Falastin davlatini tan oling

Turkiya Bosh vaziri Rajap Toyip Erdog’an kecha BMT minbarida Falastin tashabbusini himoya qilib chiqdi va yahudiy davlatiga bosimni oshirishga chaqirdi.

“Isroil rahbarlari bilsinki, tinchlik uchun zamin yaratibgina haqiqiy xavfsizlikni ta’minlash mumkin. Bu davlat esa BMT rezolyutsiyalarini, xalqaro normalarni ochiqchasiga buzib kelmoqda”, - deydi Erdog’an.

Falastin muxtoriyati Birlashgan Millatlar Tashkilotida nimaga erishishi hozircha noma’lum. Yevropa davlatlarining ovozi hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin.

Shu hafta Londonda, ham Falastin, ham Isroil tarafdorlari namoyishlar o’tkazib, Britaniyani ular manfaatini himoya qilishga undadi. Yevropa Ittifoqi a’zolari orasida Falastin yuzasidan fikrlar tarqoq.

Fransiya prezidenti Nikolya Sakozining taklifi shuki, Falastinga BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomini oshirib, Isroil bilan tinchlik bitimi imzolanishi uchun bir yil muhlat belgilanishi kerak.

Isroil allaqachon bu taklifni rad etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG