Falastin qay tarzda mustaqil davlatga aylanishi savol ostida


Falastin qay tarzda mustaqil davlatga aylanishi savol ostida

Falastin qay tarzda mustaqil davlatga aylanishi savol ostida

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi-Mun fikricha, Falastin davlatini rasman tan olish vaqti yetgan. Mustaqil va suveren Falastin, deydi u.

Pan Gi-Mun Isroil-Falastin mojarosini tinch yo’l bilan, muzokara orqali yechsa bo’ladi deb keladi.

Lekin Isroil Iordan daryosining g’arbiy sohilida, falastinliklar o’z yeri deb hisoblaydigan hududda, yahudiy aholi uchun turar joy qurishda davom etayotgani sabab tomonlar orasida keskinlik kuchayib, muloqot to’xtab qolgan.

Falastin mustaqilligini talab qilayotgan omma kecha Ramallohda BMT idorasi oldida namoyish qilgan. Ular yangi davlat BMTga qabul qilinishini so’ramoqda.

Falastin qay tarzda mustaqil davlatga aylanishi savol ostida

Falastin qay tarzda mustaqil davlatga aylanishi savol ostida

Falastin rahbari Mahmud Abbos ham BMT Bosh Assambleyasining shu oy oxirida o’tadigan yillik sessiyasida o’z xalqi nomidan dunyo ahliga murojaat qilib, mustaqillik va a’zolik haqida gapirishi kutilmoqda.

Assambleya taklifni ma’qullashi mumkin, ammo AQSh buni yoqlamayapti.

Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland deydiki, Obama ma’muriyati bu masala faqat muzokara orqali hal etilishi kerak deb hisoblaydi.

“Agarda bu mavzu BMT Xavfsizlik Kengashida ko’rilsa, AQSh veto qo’yadi”, - deydi rasmiy.

AQSh diplomatlari Dennis Ross va Deyvid Xeyl kuni kecha mintaqaga borib, Mahmud Abbos hamda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan alohida gaplashgan.

Isroil hukumati Iordan daryosining g’arbiy sohili va Sharqiy Quddusda qurilishni bas qilmas ekan, Mahmud Abbos bu davlat bilan so’zlashmasligini aytmoqda.

Prezident Barak Obama may oyida qilgan nutqida falastinliklar talab qilganidek, 1967-yilgi urushdan oldingi chegaralar asosida ikki mustaqil davlat vujudga kelishi kerak degan edi.

Lekin, deydi u, tomonlar kelishmay turib, ramziy ma’noda BMT Bosh Assemliyasida Falastin davlati tan olinishi Isroilning keskin qarshiligiga uchrab, masala yanada chigallashishi mumkin.

Avvalo qo’shni xalqlar bir-biri bilan kelishib olsin, deydi Obama.

XS
SM
MD
LG