UNESCO Falastinni qabul qilsa, byudjetidan ayriladi

  • Amerika Ovozi

UNESCO Falastinni qabul qilsa, byudjetidan ayriladi

UNESCO Falastinni qabul qilsa, byudjetidan ayriladi

Falastin ma’muriyati Qo’shma Shtatlar e’tiroziga qaramay, BMTning fan, ta’lim va madaniy loyihalar bilan shug’ullanuvchi agentligi - UNESCO ga to’laqonli a’zo bo’lib kirmoqchi.

Masala tashkilotning Parijda o’tayotgan majlisida muhokamada.

Falastinliklar ularni mustaqil davlat sifatida tan olishni so’rab o’tgan oy Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilgan edi. UNESCO ga ham ariza topshirilgan.

“BMT a’zoligi uchun harakatimizning bir qismi bu. Xalqimizning diniy va madaniy merosini asrab qolishni ham maqsad qilganmiz”, - deya tushuntiradi Falastinning AQShdagi vakili Maen Rashid Arekat.

UNESCO boshqaruv kengashi Falastinni tashkilotga qabul qilishga ovoz bergan. Tahlilchi Daniella Pletka bu qarorni xato deb hisoblaydi.

“Gap shundaki, tinchlik va mustaqillik BMT orqali erishiladigan narsa emas. Yagona yo’l – Isroil bilan muzokara”,- deydi u.

Qarorgohi Parijda joylashgan UNESCO ga AQSh har yili 70 million dollardan oshiq mablag’ ajratadi, ya’ni byudjetining 20 foizi. Falastin tashkilotga qabul qilinsa, pul to’xtab qolishi mumkin.

Davlat departamenti vakili Viktoriya Nuland AQSh pozitsiyasini shunday izohlaydi.

“UNESCO ga a’zolik Falastinga ham, Isroilga ham tinchlik olib kelmaydi. Qo’shnilar bir-birini tan olib, kelishuvga erishsin”.

Falastinning javobi shuki, 20 yildan beri Isroil bilan muloqot natija bergani yo’q.

“BMTga murojaat qilib, diplomatik, siyosiy va nozo’ravon yo’ldan borishga qaror qildik. Isroil istilosidan ozod bo’lishga haqqimiz bor”, - deydi Falastin diplomati Maen Rashid Arekat.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG