FATX-XAMAS qo’shma hukumati qasamyod keltirdi

  • Amerika Ovozi

Falastin Bosh vaziri Rami Hamdalla prezident Mahmud Abbos oldida qasamyod keltirmoqda.

Falastin Bosh vaziri Rami Hamdalla prezident Mahmud Abbos oldida qasamyod keltirmoqda.

G’azo sektori va G’arbiy sohilda yetti yildirki tarqoq qolayotgan ikki partiya birlashar ekan, Amerika va Isroil xavotirda.

Falastin rasmiylari bugun FATX va XAMAS o’rtasida qo’shma hukumat tuzilgani haqida e’lon qildi.

G’azo sektori va G’arbiy sohilda yetti yildirki tarqoq qolayotgan ikki partiya birlashar ekan, Amerika va Isroil xavotirda.

AQSh va Isroil Xamasni terrorchi tashkilot deb hisoblaydi. Xamas o’z navbatida Isroilni davlat sifatida tan olmay, unga qarshi urush holatida.

Davlat kotibi Jon Kerri kecha Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan gaplashib, Falastin hukumatiga Xamasning kirishi yuzasidan tashvish bildirgan.

Abbosning ishontirishicha, qo’shma hukumat zo’ravonlikdan tiyiladi va Isroilni tan oladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG