Falastin qo'shma hukumati G'azoda majlisga yig'ildi

  • Amerika Ovozi

HAMAS va Fath tarqoqlikka yakun yasash maqsadida to'rt oy oldin qo'shma hukumat tuzgan edi.

HAMAS va Fath tarqoqlikka yakun yasash maqsadida to'rt oy oldin qo'shma hukumat tuzgan edi.

Falastin yangi qo'shma hukumati bugun birinchi bor G'azoda majlis qilgan.

HAMAS va Fath yetakchilari so'nggi urushdan keyin hanuz xarob G'azo taqdirini muhokama qilayapti.

Bosh vazir Rami Hamdallaning aytishicha, bugun hukumat oldida turgan ustuvor masala sektorni qayta tiklashdir.

Shu yili Isroil va Hamas o'rtasida ikki oycha shiddatli olishuvlar ro'y bergan edi. G'azoda butun boshli mahallalar Isroil raketa hujumlari oqibatida yer bilan yakson qilingan.

Iordan daryosining G'arbiy sohilini Fath boshqarsa, G'azo sektorida HAMAS hukmron.

Ikkisi bu tarqoqlikka yakun yasash maqsadida to'rt oy oldin qo'shma hukumat tuzgan edi.

Kelishuvga ko'ra, yangi hukumat G'azo va Iordan daryosining G'arbiy sohiliga birdek boshqaradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG