"Islomiy davlat" Palmirada qadimiy ibodaxonani portlatdi

  • Amerika Ovozi

Palmira shahri

Palmira shahri

Suriyalik faollar va mamlakatning qadimiy ashyolari muhofazachisi Ma'mun Abdulkarim bergan ma'lumotga ko'ra, ko'hna Palmira shahrini may oyidan beri nazorat qilayotgan "Islomiy davlat" jangarilari qadimiy ibodatxonani portlatgan.

2000 yillik "Baal Shamin" ibodatxonasi atrofidagi Rim imperiyasi davridan qolgan ustunlar jiddiy zarar ko'rgani ma'lum.

O'tgan hafta Ma'mun Abdulkarimdan oldin ishlagan xodimning kallasi olingan. Xolid Asad BMTning qadimiy obidalar ro'yxatiga kirgan yodgorliklarga 50 yil qaragan.

YUNESKO Bosh kotibi Irina Bokovaga ko'ra, jangarilar bu bilan harbiy jinoyatga qo'l urdi.

"Palmiraning bir necha sivilizatsiyalarga guvoh bo'lgan san'ati va arxitekturasi Suriya o'zligi va tarixining boyligi va xilma-xilligini ifoda etadi. Ekstremistlar bu boylik va xilma-xillikni barbod qilmoqchi", - dedi u.

Jangarilar barcha noislomiy obidalarni vayron qilmoqda. Iroqda ham tarixiy yodgorliklar zarar ko'rgan. Biroq faollarga ko'ra, jangarilar pul ishlash maqsadida ayrim eksponatlarni sotgan. Ularning portlatilgani tasvirga tushirilgan videolarning esa soxta ekani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG