Ko'hna Palmira "Islomiy davlat" qo'lida

  • Amerika Ovozi

Palmiradagi qadimiy yodgorliklar, Suriya

Palmiradagi qadimiy yodgorliklar, Suriya

"Islomiy davlat" jangari guruhi Suriyada hukumat kuchlari bilan janglardan so'ng ko'hna Palmira shahrini qo'lga oldi. Qadim Rim imperiyasi davridan qolgan xarobalar, YUNESKO ro'yxatiga kiritilgan obidalar xavf ostida.

Hozircha tarixiy qoldiqlarga yetkazilgan zarar haqida ma'lumot yo'q, biroq Iroqda "Islomiy davlat" islom dinidan oldingi madaniy va tarixiy yodgorliklarni vayron qilgan.

Suriya rasmiylarining bildirishicha, Palmira jangarilar qo'liga o'tmasdan shahardan yuzlab yodgorliklar, haykallar olib chiqilgan.

"Islomiy davlat"ning Palmirani egallashi Suriya jamiyati va sivilizatsiyasiga zarbadir", deydi rasmiylar.

Suriya xalqaro hamjamiyatni shaharni mudofaa etishda yordam bermaganlikda ayblamoqda.

Shahar bir hafta davomida qamalda edi, so'ng suriyalik qo'shinlar uni tashlab chiqishga majbur bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG