Press-gapda jiddiy gap bo'ldimi? AQSh elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuv


Pamela Spratlen 27-yanvar kuni O'zbekiston rahbari Islom Karimov bilan uchrashib, Toshkentdagi faoliyatini boshladi

Pamela Spratlen 27-yanvar kuni O'zbekiston rahbari Islom Karimov bilan uchrashib, Toshkentdagi faoliyatini boshladi

AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Pamela Spratlen kecha elchixonada jurnalistlar va faollar bilan davra suhbati qilib, Amerika-O'zbekiston aloqalari hamda Afg'oniston va mintaqadagi vaziyat haqida gaplashdi. Diplomat inson huquqlari va so'z erkinligiga doir savollarga ham javob berdi.

“Press-gap” deb ataladigan an’anaviy tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar deydiki, elchi Markaziy Osiyodagi ekologik masalalarga ham to’xtalgan.

Pamela Spratlen O’zbekiston Vashington bilan Afg’oniston bo’yicha birga ishlab kelayotgani tahsinga sazovor deydi. Demokratiya va erkinlik esa ikki davlat orasidagi muloqotda asosiy mavzulardan biri bo’lib qoladi.

Uchrashuvda ishtirok etgan faollardan biri Malohat Eshonqulovaning aytishicha, elchi xonim iliq taassurot qoldirgan.

“O’z faoliyatingiz davomida inson huquqlari masalasida qanday ishlarni olib bormoqchisiz degan savol ko’ndalang qo’yilgani yo’q, faqat jurnalistlar bilan hamkorlik qanday davom etadi kabi savol bo’ldi. Inson huquqlari bo’yicha esa umumiy gaplar bilan cheklanildi. Uchrashuvda asosan elchi xonimning o’zi bilan shaxsan tanishdik. O’zbekiston haqidagi, dunyoda kechayotgan voqealar haqidagi munosabatlarini bildik”, - deydi Eshonqulova.

Jurnalist Yuriy Chernogayev shaxsiy sabablarga ko’ra uchrashuvga bora olmagan, biroq yangi elchi bilan o’tgan uchrashuv hamkasblari orasida qizg’in muhokama qilinayotganini qayd etadi.

“Uchrashuvda ko’pchilik bo’lgan, ammo qiziq savollar ko’tarilmagan. Gap shundaki, hukumat ommaviy axborot vositalariga AQSh tadbiriga borishni cheklab qo’ygan. Ammo baribir u yerda jurnalistlar tomonidan ko’tarilgan savollar darhol nazorat organlariga yetib boradi”, - deydi u.

Bunday vaziyatda jurnalistlar “Press-gap” kabi uchrashuvlarda so’z erkinligi va boshqa huquqlar borasida gap ochishga cho’chib qolishgan.

“Chunki dozarb savol berilishi ortidan hatto go’yo mustaqil sanalgan matbuot jurnalisti ham bosim ostida qolishi, ishidan ayrilishi ehtimoli yaqin. Shuning uchun ham jurnalistlar bu kabi savollarni uchrashuv tugagandan keyin, o’zaro suhbatda aniqlashga harakat qilishadi. Har holda men shunday qilaman, chunki menga ortiqcha bosh og’rig’i kerak emas”, - deydi Chernogayev.

AQSh elchixonasi yangi elchini shunday tanishtirmoqda, ingliz tilida:

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG