140 siyosatchi va arbobga tegishli moliyaviy hujjatlar jurnalistlar qo’lida

  • Amerika Ovozi

Panamada joylashgan “Mossak Fonseka” advokatlik idorasiga tegishli 11,5 million hujjatni qo’lga kiritgan bir guruh xalqaro jurnalistlar ba’zi ma’lumotlarni chop etdi.

Unga ko’ra, dunyoning 140 siyosatchisi va jamoat arbobi pullarini ofshor orqali o’tkazgan. Ular orasida 12 nafar amaldagi va sobiq davlat rahbarining borligi ham aytilmoqda.

Bular Islandiya Bosh vaziri Deyvid Gunnlaugsson, Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko, Agrentina Presidenti Maurisio Makri. Hujjatlardan ma’lum bo’lishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin odamlar ikki milliard dollarni ofshordagi banklar orqali o’tkazgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bu shunchaki Rossiya va uning rahbariga qarshi informatsion xuruj. “Bu matbuotda Rossiyaning Suriyada ko’hna Palmira shahrini ozod etishdagi hissasidan diqqatni chalg’itishga qaratilgan kampaniya”, dedi Peskov.

Hujjatlarning jurnalistlar qo’liga qanday tushib qolgani ma’lum emas. “Mossak Fonseka” kompaniyasi asoschisi Ramon Fonsekaning aytishicha, bu jinoyatdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG