Qirg'iziston va AQSh "Manas" kelajagi haqida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

"Manas" Afg'onistonga kirib chiqayotgan askarlar uchun tranzit nuqtasi

"Manas" Afg'onistonga kirib chiqayotgan askarlar uchun tranzit nuqtasi

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Afg'onistonga safari oldidan Bishkekda to'xtab, Afg'onistondagi harbiy harakatlarida muhim rol o'ynayotgan va bugungi kunda yirik tranzit markaziga aylangan "Manas" aviabazasini ko'zdan kechirdi.

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayev "Manas" 2014-yilda AQSh uchun ijara muddati bitgach, bitim yangilanmaydi deb ogohlantirmoqda.

Panetta bugun Bishkekda Atambayev bilan uchrashmagan, lekin Mudofaa vaziri Talaybek Omuraliyev va Mudofaa kengashi kotibi Busurmonqul Tabaldiyev bilan muloqot qilgan. Unda baza masalasi muhokama qilingani ma’lum. Biror yangi bitim yoki kelishuv haqida gap yo’q.

Prezident Almazbek Atambayev AQSh "Manas" ni bo'shatadi deydi, Lekin Qirg'iziston rasmiylari yiliga 60 million dollar iqtisod uchun katta tayanch ekanini tan oladi.

Prezident Almazbek Atambayev AQSh "Manas" ni bo'shatadi deydi, Lekin Qirg'iziston rasmiylari yiliga 60 million dollar iqtisod uchun katta tayanch ekanini tan oladi.

Qo'shma Shtatlar "Manas" uchun Qirg'izistonga yiliga 60 million dollar to'laydi. Amaldagi shartnoma muddati 2014-yilning iyulida bitadi.

Amerika ungacha Afg'onistondan o'z qo'shinlarini olib chiqish niyatida ekan, "Manas" ijarasini uzaytirishga hojat qolmasligi mumkin.

Biroq Tabaldiyevning aytishicha, Qirg'iziston baza AQSh ixtiyorida qolishidan manfaatdor. Lekin u 2014-yildan keyin harbiy maqsadda ishlatilmasligi kerak.

Tabaldiyev Panetta bilan uchrashuvda "Manas" tijoriy tranzit bazasiga aylantirilsa, Qirg'iziston qarshi emas, deb aytgan.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Qirg'iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Busurmonqul Tabaldiyev bilan, 13-mart 2012

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Qirg'iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Busurmonqul Tabaldiyev bilan, 13-mart 2012

Panetta qanday javob bergani noma'lum, chunki bu paytda jurnalistlar majlis zalidan chiqarib yuborilgan. Matbuot xodimlari oldida gapirganida, Pentagon rahbari Qirg'izistonga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan.

"Manas" Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston va yana bir necha mamlakat orqali o'tuvchi Shimoliy ta'minot tizimining bir qismidir. Bu yo'nalish orqali xalqaro koalitsiyaga noharbiy yuk tashiladi, jumladan oziq-ovqat hamda Afg'onistonni tiklash uchun ishlatilayotgan qurilish materiallari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG