Amerika Kongressi Falastinga hozircha pul bermaydi, Leon Panetta norozi

  • Amerika Ovozi

Amerika Kongressi Falastinga hozircha pul bermaydi, Leon Panetta norozi

Amerika Kongressi Falastinga hozircha pul bermaydi, Leon Panetta norozi

AQSh Kongressining Falastinga atalgan 200 million dollarni vaqtincha ushlab turish qarori kuchga kirar ekan, Mudofaa vaziri Leon Panetta norozi. Mablag’ asosan taraqqiyot loyihalariga mo’ljallangan edi. Isroilga safar qilayotgan Panetta fikricha, hozir pulni qizg’anish mavridi emas.

“Qo’shma Shtatlar Falastin va Isroilni muzokara stoliga qaytishga undayotgan nozik bir paytda bunday teskari qadamlar faqat ziyon keltiradi”, - dedi Panetta, Isroil Mudofaa vaziri Yaxud Barak bilan uchrashuvda.

Falastin, Isroil va Amerika qarshiligiga qaramay, davlatchilik masalasini o’tgan oy BMT muhokamasiga olib chiqqan, natijada Vakillar Palatasida hukmron respublikachilar pulni hozircha bermaslikka ahd qilgan.

Amerikaning umum pozitsiyasi shuki, Falastin Isroil bilan kelishibgina o’z davlatiga ega bo’lishi mumkin.

AQSh Davlat departamentining bildirishicha, Obama ma’muriyati Kongressdan qarorni bekor qilib, Falastinga zarur ko’makni vaqtida ko’rsatish uchun ruxsat berishni so’ramoqda.

Mudofaa vaziri Leon Panetta kecha-bugun Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, Ramallohda esa Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Bosh vaziri Salom Fayyod bilan muloqot qilgan.

Panetta tomonlarni tinchlik yo’lida dadil qadam tashlashga undagan.

Uning safari davomida Isroil shimolida yahudiylar Beduin machitiga o’t qo’ygan. Yil boshidan beri hududda machitlar bir necha bor yoqilgan edi. Netanyaxu voqeani qoralab chiqqan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG