Janubiy Koreya rahbari Pak Gin Xe AQShda

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreyaning ilk ayol prezidenti Pak Gin Xe

Janubiy Koreyaning ilk ayol prezidenti Pak Gin Xe

Janubiy Koreya prezidenti Pak Gin Xe AQShga olti kunlik safarini boshladi. Bugun u Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashmoqda.

BMT rahbari asli janubiy koreyalik bo’lib, bir paytlar bu davlat tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Tomonlar Shimoliy Koreya masalasida gaplashadi.

Ertaga esa Pak Gin Xe aynan shu xususda Oq uyda prezident Barak Obama bilan muloqot qiladi. Tahlilchi Xvan Tay Sunning aytishicha, ikki davlat o’zaro hamkorlikni kuchaytirib, Shimoliy Koreyaga qarshi qattiq turishini bildirib qo’yadi.

Chorshanba kuni Janubiy Koreyaning ilk ayol rahbari Kongressning har ikki palatasi oldida so’zlaydi.

Hukumat delegatsiyasiga 51 ta koreys kompaniyasining rahbarlari hamrohlik qilmoqda. Payshanba kuni ular Los-Anjelesda biznes forumda ishtirok etadi.

Pak Gin Xe fevral oyida prezidentlikka saylangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG