AQSh mudofaa xarajatlari milliardlab dollarga kamayadi


AQSh Mudofaa vazirligi

AQSh Mudofaa vazirligi

Qo’shma Shtatlar harbiy yetakchilari mamlakatning mudofaa byudjeti keskin qisqartirilishi yuzasidan xavotir bildirmoqda.

Davlat qarzi oshgandan-oshib, qonunchilar barcha sohalarda sarf-xarajatni kamaytirishga majburmiz, deydi. Hafta boshida bu borada qonun imzolangan.

Mazkur qonun Amerikani defolt yoqasiga olib kelgan bir necha oylik muzokaralar mahsulidir. Prezident Barak Obama qo’l qo’ygan hujjatda Mudofaa vazirligi Pentagon byudjetini kelasi 10 yilda 350 milliard dollarga kamaytirish ko’zlangan.

AQSh mudofaa xarajatlari milliardlab dollarga kamayadi

AQSh mudofaa xarajatlari milliardlab dollarga kamayadi

Yaqinda ishga kirishgan mudofaa vaziri Leon Panetta “buni uddalaymiz”, deydi. Biroq uning ogohlantirishicha davlat xavfsizligiga putur yetishi mumkin.

“Qo’shma Shtatlar ikki-uch davlatda urush olib borayotgan mamlakat. Terrorizm, xalqaro jinoyatchilik singari tobora ko’payib borayotgan tahdidlarni bartaraf etishda armiyaga tayanamiz”, - deydi vazir Leon Panetta.

Shu hafta respublikachi va demokratlar o’rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq, qay sohada qancha mablag’ tejash mumkinligini qonunchilardan iborat maxsus komissiya belgilaydi. Agar komissiya ishni dekabr oxirigacha uddalay olmasa, qisqartirishlar avtomatik tarzda kuchga kiradi. Pentagon rahbariyati ana shundan xavotirda.

AQSh Qurolli kuchlari bosh shtabi qo’mondoni, admiral Mayk Mullenning ta’kidlashicha, Pentagonni bir trillion dollardan ayirish tashabbuslariga aslo yo’l qo’ymaslik lozim.

AQSh mudofaa xarajatlari milliardlab dollarga kamayadi

AQSh mudofaa xarajatlari milliardlab dollarga kamayadi

Amerikaning 15 trillion dollardan oshay deb turgan qarzini ham ko’pchilik xavfsizlikka tahdid deb hisoblaydi. Mudofaa vazirligi ilg’or qurollar ishlab chiqarishga doir qimmat loyihalarni bekor qilish ustida o’ylanmoqda.

Iqtisodiy o’sish deyarli to’xtab qolgan bir paytda, federal byudjetga og’ir tushayotgan programmalar juda ko’p, xususan ijtimoiy himoya dasturlari.

Kamomadni yopishning yana bir yo’li - soliqlarni ko’tarish, deya qayd etadi Obama ma’muriyati rasmiylari. Ammo respublikachilar taklifga qarshi.

XS
SM
MD
LG