Pentagonda internet tahdidlariga qarshi yangi strategiya


Pentagonda internet tahdidlariga qarshi yangi strategiya

Pentagonda internet tahdidlariga qarshi yangi strategiya

AQSh Mudofaa vazirligi Pentagon harbiy kompyuter tizimlarini internetdagi tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan yangi strategiyasini taqdim etdi.

Mudofaa vaziri muovini Villiam Linn Vashingtonda jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

“Informatsion texnologiyalar jadal rivojlangani sari kompyuter tizimlariga qarshi tahdidlar ham oshib borishi aniq”, - deydi u.

Bundan buyon Pentagon kompyuterlarida saqlanayotgan maxfiy ma’lumotlarni o’girlashga qaratilgan harakatlar ham ko’payadi.

“Kelajakda yirik davlatlar, boshqaruvi ishdan chiqqan hukumatlar yoki terrorchi guruhlar orasidagi mojaro va nizolarning katta qismi aynan internetda amalga oshiriladi degan fikrdamiz”, - deydi rasmiy.

Villiam Linn ta’kidiga ko’ra, bugungi kunda texnologiyalar shu qadar rivojlanganki, dunyoning bir burchagida turib, kompyuter klaviaturasi orqali shu zahotiyoq umuman boshqa bir davlatda jiddiy muammolar yaratish mumkin.

Shu yil boshida Pentagon kompyuterlaridan 24 ming fayl o’girlangan. Jinoyat ortida muayyan davlat turgani ma’lum, ammo nomi oshkor etilmayapti.

Shu kabi kiber-jinoyatlarga qarshi to’siq yaratish uchun Mudofaa vazirligi boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Sinov tariqasida loyihaga ilk bor Amerikadagi xususiy kompaniyalar ham jalb qilinmoqda.
Maqsad, deydi Pentagon rasmiysi, xuruj manbaini aniqlashga qodir va uni to’xtata oladigan aktiv kiber-mudofaa tizimini yaratish.

Internet orqali amalga oshirilayotan o’g’riliklar natijasida AQSh iqtisodiyoti va xavfsizligiga yetkazilgan zararni raqam bilan ifodalash qiyin. Taxminlarga ko’ra, kamida 1 trillion dollarga teng.

XS
SM
MD
LG