General Petreus davlat sirlarini suiiste'mol qilganlik aybini tan oldi

  • Amerika Ovozi

Markaziy Razvedka Boshqarmasi sobiq direktori general Deyvid Petreus (chapda)

Markaziy Razvedka Boshqarmasi sobiq direktori general Deyvid Petreus (chapda)

Markaziy Razvedka Boshqarmasi sobiq direktori va iste'fodagi armiya generali Deyvid Petreus maxfiy ma'lumotlarga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo'lganlik aybini bo'yniga oldi.

Uning ishi Shimoliy Karolina shtati federal sudida ko'rib chiqilayotgan edi.

Petreus MRB direktori bo'lgan paytida davlat siri bo'lgan ma'lumotlarni ma'shuqasi bilan bo'lishganlikda ayblanmoqda.

Petreus o'z davrida eng nufuzli general hisoblangan hamda prezident yoki vitse-prezidentlik lavozimiga ehtimoliy nomzod sifatida ko'rilgan. U Iroq va Afg'onistonda AQSh armiyasiga yetakchilik qilib, partizanlikka qarshi kelajak urushlari uchun namuna sifatida olqishlangan maxsus strategiya ishlab chiqqan.

U 2011-yil sobiq armiya ofitseri Paula Brodvel bilan nikohdan tashqari yaqin munosabatda bo'lgan. Brodvel generalning avtobiografiyasini yozish vazifasi bilan shug'ullangan.

General aybini tan olishi natijasida ochiq sud bo'lishining oldi olinadi. Ochiq sud bo'lgan taqdirda uning ma'shuqasi bilan aloqalariga oid barcha detallar ommaga oshkor qilinishi mumkin edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG