Toshkentda namoyish qilgan faollar, jurnalistlar ustidan hukm


Taniqli fotograf, rejissyor Umida Ahmedova va yana bir necha kishi 27-yanvar kuni Ukraina elchixonasi yonida yig’ilgan edi.

Taniqli fotograf, rejissyor Umida Ahmedova va yana bir necha kishi 27-yanvar kuni Ukraina elchixonasi yonida yig’ilgan edi.

Ukrainadagi namoyishlarni qo’llab O’zbekistonda piket qilgan jurnalist, fotograf va faollar ushlanib, sudlanib, jazosi tayinlangan. Taniqli fotograf, rejissyor Umida Ahmedova va yana bir necha kishi 27-yanvar kuni Ukraina elchixonasi yonida yig’ilgan edi.

Hamza tumani jinoiy sudi xulosasiga ko'ra, deya yozadi "Ferghana news" axborot agentligi, Ukraina fuqarosi Artem Lyudniy, Aleksey Ulko, Ashot Danielyan ikki haftaga ozodlikdan mahrum qilingan. Umid Ahmedova va Dina ismli faolga 20 minimal ish haqi miqdorida jarima solingan. Temur Karpov va Ilgar Qosimov 30 minimal ish haqi hajmida jarima to'lashi kerak.

Axborot agentligi ta'rificha, ular biror partiya, harakat yoki huquq tashkiloti nomidan ish tutmagan.

"Ferghana news"ning yozishicha, Gulsum Usmanova taqdiri noma'lum. U hali ham Ichki ishlar boshqarmasi qo'lida.

Umida Ahmedovaning turmush o’rtog'i Oleg Karpov so'zlariga ko’ra, ular uyiga qaytgan.

Fotograf ayol va o’g’li Temurni 29-yanvar kuni kechga tomon uyidan huquq-tartibot xodimlari olib ketgan. Jurnalist Temur Karpov Rossiyada yashab ishlashi, Toshkentga yaqinlarini ko'rishga kelgani aytiladi.

27-yanvar kuni elchixona oldida to'plangan guruh Ukrainada namoyishchilarga hamdardlik bildirgan, isyonchilarga qarshi kuch qollanganini qoralab, bu haqda Ukraina diplomatlariga norozilik xati yo'llagan.

Oleg Karpov ularning hammasini uyidan olib ketishgan, deydi. U huquqiy himoya uchun bir necha advokatga murojaat qilganini, rad javobi olganini aytadi.

Ukrainada ikki oydan oshiq davom etayotgan namoyishlar haqida O’zbekistonda hech narsa deyilmay keladi. Mamlakat matbuotida namoyishlar, xalq noroziliklari haqida gapirish taqiq ostida. Mavjud muhitdan, faollar nazarida, jamoatchilik ishtirokidagi har qanday aksiyalar keskin bostiriladi, deyish mumkin.

Piket O'zbekistondagi vaziyatga daxldor bo’lmasa-da, oqibatda tazyiqlardan mustasno bo’lmagan.

"Bu piketda O’zbekistonga doir hech qanday shior ko’tarilmagan edi. Olg'a surilgan shiorlardan biri Ukraina hukumati rahbari Mikola Azarovning iste’foga chiqishi lozimligi haqida edi. Ukrainada esa hukumat rostdan tarqatib yuborildi", - deydi Karpov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

Bu orada, O’zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga bu davlatga safar qilmaslik, borgan taqdirda ham namoyishlardan uzoqroq yurishni maslahat berdi.

Faollar O’zbekistonda jamoatchilik chiqishlaridan xavfsirash kuchli ekanini mamlakatda keng ko’lamli g'alayon uchun sabablar yetarli ekani bilan izohlaydi.
Umida Ahmedova olgan surat.

Umida Ahmedova olgan surat.



Umida Ahmedova olgan surat.

Umida Ahmedova olgan surat.


Umida Ahmedova olgan surat.

Umida Ahmedova olgan surat.


  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG