BMT rasmiysi Isroil va HAMAS ni tanqid qildi

  • Amerika Ovozi

G'azo shahrida Isroil hujumiga uchragan sut zavodi vayronasi, 31-iyul, 2014-yil

G'azo shahrida Isroil hujumiga uchragan sut zavodi vayronasi, 31-iyul, 2014-yil

BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissari Navi Pillay Isroil va HAMAS jangarilarini G’azodagi mojaroni keltirib chiqarganlikda ayblamoqda.

Unga ko’ra, Isroil uy, maktab, kasalxona, BMT ga qarashli imoratlarga o’q yog’dirib, xalqaro qonunni buzgan. Xalqaro hamjamiyat bunday buzg’unchilikka jim qarab turmasligi kerak, deydi BMT rasmiysi.

Navi Pillay HAMAS ni Isroilga raketa otganlikda, BMT ga qarashli binolarda qurol saqlaganlikda aybladi.

Isroil harbiy harakatlarni 8-iyulda boshlaganidan beri G’azoda 1300 falastinlik nobud bo’lgan, aksariyati oddiy odamlar. Isroil 56 askar va uch fuqarosini yo’qotgan.

BMT hisobiga ko’ra, bugun 15 ming falastinlik jon saqlash maqsadida BMT markazlarida yashiringan. Ayni damda bu joylarda 250 ming odam to’plangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG